Belarus hukumati oziq-ovqat mahsulotlari eksportini chekladi

Olam

image

Belarus hukumati qator muhim oziq-ovqat mahsulotlarini respublika tashqarisidan olib chiqishga qat’iy cheklovlar o‘rnatdi. Bunga chegara hududlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgani sabab bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Unga ko‘ra Belarusdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan tashqariga un, qator don mahsulotlari (grechka, guruch, manna, jo‘xori, tariq kabilar), shakar, tuz, makaron mahsulotlarini 1 kilogrammdan ortiq, o‘simlik yog‘ini 1 litrdan ortiq, go‘sht, sut va baliqdan tayyorlangan konserva mahsulotlarini 3 bankadan ortiq olib chiqish mumkin emas.

Xabarda qayd etilishicha, cheklov Belarus davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida joylashgan bojsiz savdo do‘konlarida xarid qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Rezolyutsiya chegara hududlarida jismoniy shaxslar Belarus Respublikasidan tashqariga eksport qilish uchun tijorat partiyalarida xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgani munosabati bilan ichki bozorni himoya qilish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing