“Belgiyaning eng kuchli odami” koronavirusdan vafot etdi

Sport

image

Kikboksing bo‘yicha bir necha karra jahon chempioni 41 yoshli Frederik Sinistra koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda “The Sun” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Belgiyaning eng kuchli odami” deb topilgan 41 yoshli sportchi noyabr oyi oxirida o‘pka kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik sportchi shifoxonadan chiqarilgan, ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan vafot etgan.

Vafotidan biroz oldin Sinistra o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga sun’iy nafas olish apparatiga ulangan holda yotgan rasmini joylagan va uyida davolanayotganini, ahvoli ancha yaxshiligini aytib, qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytgan.

Mahalliy nashrlar bergan ma’lumotga ko‘ra, sportchining bevasi uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini rad etgan. 

Ma’lumot uchun,Sinistra koronavirus vaksinasiga qarshi bo‘lgan va Belgiya hukumatini cheklovlar uchun tanqid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

441

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing