Belgiyadagi AQSH harbiy bazasida narkolaboratoriya topildi

Olam

image

Belgiyadagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining 20 tagacha yadro quroli saqlanadigan Klyayne Brogel harbiy bazasi hududidan giyohvand moddalar ishlab chiqaradigan laboratoriya topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Belgiya prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, labaratoriya o‘tgan hafta aniqlangan. Laboratoriya giyohvand moddalarni ommaviy ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Uni tashkil qilishda gumonlangan, NATO harbiy xizmatchisi bo‘lmagan 2 kishi qo‘lga olingan.

Bazadan nafaqat Belgiya harbiy-havo kuchlari, balki AQSH harbiy-havo kuchlari ham foydalanadi. 2019 yilda Belgiya parlamenti deputati Samuel Kogolati u yerda NATOning 10 dan 20 tagacha yadroviy kallaklari saqlanganligini ma’lum qildi. 

Avvalroq, Klyayne Brogel harbiy bazasi yadroviy qurolga qarshi namoyishchilar tomonidan bir necha bor nishonga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

781

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing