Belgiya va Misr pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
10:22 970 1 daqiqa
Bugun, 27 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “G” guruhi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, Belgiya va Misr milliy terma jamoalari pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Belgiya Kanadaning Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda Yangi Zelandiyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi va guruh peshqadami sifatida keyingi bosqichga chiqdi.
G‘oliblar safida Leandro Trossard 28- va 50-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Shuningdek, Kevin de Bryuyne 66-daqiqada, Romelu Lukaku 86-daqiqada va Aleksis Salemakers 90+4-daqiqada gol urdi. Yangi Zelandiyaning yagona goliga esa 84-daqiqada Elayja Jast mualliflik qildi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Misr va Eron 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natija Misrga 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Eron esa 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi va endi pley-offga chiqish uchun boshqa guruhlardagi uchinchi o‘rin sohiblarining natijalariga umid bog‘laydi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Belgiya va Misr bir xil — 5 ochkodan jamg‘ardi. Biroq to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani uchun Belgiya “G” guruhini birinchi o‘rinda yakunladi va pley-offga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.
Live
Barchasi