Belgiya Kiyevga 1 mlrd dollarlik qurol bermoqchi

Olam

image

Belgiya Mudofaa vaziri Teo Franken joriy yilning 6 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida u Kiyevga bir milliard yevroga yaqin (1 milliard dollardan ortiq) harbiy yordam taklif qilganini aytdi. Bu haqda vazir Yevropa ittifoqining Ukraina bo‘yicha favqulodda sammiti yakunlari bo‘yicha VRT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Belgiya chetda kuzatib turmaydi va 1 milliard yevrolik qurol-aslaha beradi. Shu jumladan, Chexiya artilleriya tashabbusi doirasida artilleriya snaryadlarini xarid qilish uchun ajratilgan 216 million yevro, Germaniya tashabbusi doirasida havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun 200 million yevro, shuningdek, Belgiya F-16 samolyotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan”, degan Franken.

Yevropaning Ukrainaga yangi kontekstdagi yordami qanday bo‘ladi? north_east

Yevropaning Ukrainaga yangi kontekstdagi yordami qanday bo‘ladi?

Oldinroq sammit arafasida Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever mamlakat endi samolyotni 2026 yilda Kiyevga yetkazib berish niyatida ekanini aytgan edi. U bir yarim yillik kechikishni AQSHdan Belgiyaga foydalanishdan chiqarilgan F-16 samolyotlarini almashtirishi kerak bo‘lgan F-35 samolyotlarini yetkazib berishdagi kechikish bilan izohladi.

De Vever, shuningdek, Belgiya NATOning yaxshi a’zosi bo‘lishni va tezda harbiy byudjetini yalpi ichki mahsulotning hozirgi 1,3 foizidan 2 foizigacha oshirishni xohlayotganini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Irish Times” nashri Irlandiya hukumati qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullagani, bu esa maxsus tayyorgarlikka ega harbiy bo‘linmalarni (Army Ranger Wing, ARW) Ukrainaga yuborishga imkon berishini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Ukraina F-16 Bel'giya artilleriya Teo Franken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing