Bektemir tumani hududi kengaytiriladi

Jamiyat

image

Toshkentning Bektemir tumani hududi 1,6 ming gektardan ziyodroqqa kengaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tuman faollari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. Joriy yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan.

Uchrashuvda tumanda yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi. Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etish, minglab ish o‘rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing