Bektemir Meliqo‘ziyev “nigohlar jangi”da qatnashdi (video)

Sport

image

O‘zbekiston vaqti bilan 21 aprel tongida professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev profboksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu kuni unga fransiyalik yengilmas Per Yuber Dibombe raqiblik qiladi.

20 aprelga o‘tar kechasi ikkala bokschi ham vazn o‘lchash va face-to-face marosimlarida ishtirok etdi. Ikki sportchi kerakli vazn me’yorlarini bajardi va endi ular Amerikaning Nyu-York shahri mezbonlik qiladigan profboks turnirida hisob-kitob qilib oladi.

Qayd etish joiz, mazkur jang orqali 28 yoshli o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Intercontinental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziyev shu vaqtga qadar profringda 14 ta jang o‘tkazib, bahslarining 13 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan. Uning hisobida 10 ta nokaut mavjud. Dibombe esa umumiy hisobda 23 marta ringga ko‘tarilib, 22 ta g‘alaba qayd etgan. U ishtirokidagi 1 ta jang durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bektemir Meliqo'ziev P'er Yuber Dibombe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing