Bektemir hokimi ishdan olindi
Jamiyat
−
06 fevral
9257Toshkent shahrining Bektemir tumani hokimi Tapil Ravshanovich Mahamadziyoyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Shavkat Umurzoqov qaror qabul qildi.
Hokim qarorida Mahamadziyoyev nega ishdan olingani ochiqlanmagan. Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod qilinayotgani keltirilgan, xolos.
Ma’lumot uchun, Tapil Mahamadziyoyev 2021 yilning iyun oyidan beri shu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripovga bir necha hokimlar qatorida Bektemir tumani hokimining ham lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirilgandi.
LiveBarchasi