“Bekor qilding-da, uka”. Surxondaryoda YPX xodimini sudrab ketgan haydovchi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
28 Sentabr 2021
10798Surxondaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimi avtomobil kapoti ustida sudrab ketilgani aks etgan videolavha tarqalgani haqida xabar bergandik.
Bugun, 28 sentyabr kuni Respublika Bosh prokurori matbuot kotibining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektoriga qarshilik ko‘rsatib, avtomashinada sudrab ketgan haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot o‘rnida, voqea joriy yilning 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Surxon sohili mahallasi hududida YPX xodimi yo‘lning qatnov qismiga to‘xtagan Lacetti rusumli avtomobil haydovchisining yoniga borib, o‘zini tanishtirib, to‘xtash qoidasini buzganini aytgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimi haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim qilishini so‘ragan. Biroq, haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga haydagan. Xodim esa mashinaning kapot qismida osilib qolgan. Shu zaylda Lacetti taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan so‘ng, xodim yerga qulab tushgan.
LiveBarchasi