Surxondaryoda Lacetti YPX xodimini kapot ustida sudrab ketdi (video)
3-sahifa
−
27 Sentabr 2021
13939Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimi avtomobil kapoti ustida sudrab ketilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Surxon sohili mahallasi hududida YPX xodimi yo‘lning qatnov qismiga to‘xtagan Lacetti rusumli avtomobil haydovchisining yoniga borib, o‘zini tanishtirib, to‘xtash qoidasini buzganini aytgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimi haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim qilishini so‘ragan. Biroq, haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga haydagan. Xodim esa mashinaning kapot qismida osilib qolgan. Shu zaylda Lacetti taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan so‘ng, xodim yerga qulab tushgan.
Xabarga ko‘ra, YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi