Bekobodda poyezd mikroavtobusni bosib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida poyezd va mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 16:40 da Bekobod shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi temiryo‘l kesishmasida (shlagbaumsiz, biroq temiryo‘l svetafori va yo‘l belgilari mavjud) 2002 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi JAC M3 mikroavtobus harakatlanayotgan vaqtda temiryo‘lda kelayotgan TZM2UM dizel lokomotiv bilan to‘qnashgan va oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YHXB xabariga ko‘ra, hodisa tufayli transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetmagan.

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagandi. Oqibatda Chinoz tumanida yashagan ushbu fuqaro vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH poezd YHXB IIB Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing