Bekobodda “Nexia” rusumli avtomobil va yuk mashinasi o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi.

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, kecha, 28 mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi I.E. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinani Nurafshon shahri “Qorasuv-Bekobod” yo‘lining 5-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan “Kamaz” yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

To‘qnashuv natijasida, “Nexia” avtomashinasi haydovchisi I.E. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va uning to‘rt nafar yengil tan jarohati olgan yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing