Bekobodda xotini o‘z joniga qasd qilishiga sababchi bo‘lgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
04 aprel
5974Avvalroq Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini ko‘p qavatli binoning 5-qavatidan tashlab vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea bo‘yicha Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Marhumaning turmush o‘rtog‘i Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlandi.
“Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, marhuma ayol oilali bo‘lib, 2 nafar farzand (6 va 2 yoshli qizlar)ning onasi bo‘lgan va muqaddam sudlanmagan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, marhumaga uch marta, so‘nggi bor 2024 yilning 6 mart kuni himoya orderi berilgan. Unda keltirilishicha, tazyiq o‘tkazilgan yoki zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda er va ayolning bir xonadonda bo‘lishi taqiqlangan.
LiveBarchasi