Bekobodda Damas “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani bosib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 may kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan erkakni avval urib, keyin bosib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat taxminan 11:00 larda viloyatning Bekobod shahri Turon ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi N.J Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan A.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.  

Bildirilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olib, Bekobod shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan Bekobod shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 1997 yilda tug‘ilgan erkak Lacetti bilan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bir guruh odamlarni urib ketgandi. Oqibatda 1 nafar ayol vafot etgan, 4 kishi jarohatlangan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Damas Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing