Bekobodda 35 yoshli shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan ushlandi
3-sahifa
−
29 may 4067 2 daqiqa
Toshkent viloyati Bekobod shahrida 1990 yilda tug‘ilgan shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Qoradori – 2025” keng ko‘lamli tadbiri doirasida Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Bekobod shahar IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirilgan.
Tadbir davomida Bekobod shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan, qariyb 1 kg bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasini shaharning “Navro‘z” mahallasi hududida yashirib qo‘yilgan joyidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik moddasi tojikistonlik narkokurer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirida “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan 2 kishi qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr