Bekobodda 1 mlrd so‘mlik gaz va elektrni o‘g‘irlagan bog‘cha aniqlandi
3-sahifa
−
13 dekabr 2024
2994Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xususiy bog‘cha tabiiy gaz va elektr tarmog‘idan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metallni qayta ishlash zavodi fosh etilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar