“Bek Baraka”da do‘konlar yondimi? FVV izoh berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida joylashgan “Bek Baraka” savdo majmuasi atrofidagi do‘konlarda katta yong‘in bo‘layotgani aytilgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26 iyul kuni soat 16:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni Toshkent xalqa avtomobil yo‘li chetida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga yetib borgan. Dastlab transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgan. So‘ng yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar yetmagan. Tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Xabarga ko‘ra, hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati “Bek Baraka” savdo majmuasi

Baholaganlar

125

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing