Begona ayol bilan qo‘lga tushgan “uchastkovoy” ishdan olindi
3-sahifa
−
18 fevral 2023
25921Avvalroq Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida mahalla noziri birovning xotini bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan mahalla noziri Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi hamda Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning bir qator bandlarini buzgan deb topilib, ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 fevral kuni tungi xizmatga jalb etilgan G‘allaorol tumani 2-sonli Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) profilaktika katta inspektori J.X.ning surishtiruv davomida bir necha nafar shaxslar bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgan.
Shuningdek, holat bo‘yicha G‘allaorol tumani IIBning 4 nafar rahbar xodimiga profilaktika inspektorining faoliyati ustidan yetarli nazorat o‘rnatmagani uchun intizomiy choralar qo‘llanildi.
“Yuqoridagilar bilan bir qatorda, voqeaning ayrim ishtirokchilarining xatti-harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalarida ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangani sababli to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish va qonun qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumani sudiga yuborilgan”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi