Bayram kunlarida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

16-18 iyun – Qurbon hayiti bayrami kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, havo harorati hududning katta qismida 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-41 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 17-18 iyun kunlari kechga tomon  ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, 18 iyunda  ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

16-18 iyun kunlari Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan  5-10 m/s tezlikda esadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing