Bayram kunlarida qarzdorlarning “svet” va gazi tarmoqdan uzilmaydi

Jamiyat

image

Bayram kunlarida iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda neft-gaz va ko‘mirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etilgan.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlar barqaror ishlashini ta’minlash uchun kuniga o‘rtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna ko‘mir zaxirasi yaratildi.

Hududlardagi barcha ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berish ta’minlanadi.

Bayram kunlari iste’molchilarga kuniga o‘rtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5 ming tonna avtobenzin, 5 ming tonna ko‘mir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi. 

Shuningdek, bayram kunlarida aholi iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzilmaydi. 

“Agar tarmoqlarda nosozlik holatlari yuzaga keladigan bo‘lsa, hududlar bo‘ylab elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1200 dan ortiq maxsuss brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlaydi. Iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqamiga, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 qisqa raqamlari hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing