Bayram kunlari Toshkentda jamoat transporti qay tartibda ishlashi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 iyul kuni O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni nishonlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 21-22 iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Belgilangan dam olish kunlari munosabati bilan, bayram va dam olish kunlari jamoat transportlari faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, jamoat transportlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

— 20 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

— 21 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

— 22 iyul – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

— 24 iyul – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat beqarorlashib, bemorlar soni kun sayin ortib borayotgani sabab masjidlarda Qurbon hayiti namomozi o‘qilmaydigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing