Bayram kunlari So‘qoq va Chimyonga boruvchilar diqqatiga

Jamiyat

image

16-17-18 iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga, shuningdek, Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘iga tashrif buyuruvchilar ko‘payishi munosabati bilan 4R15 yo‘lining bir qismida va 4R6 yo‘lida harakat bir tomonlama tashkil etiladi. 

Toshkent viloyati hokimligining xabar berishicha, tirbandliklarning oldini olish uchun 16−17−18 iyun kunlari 4R15 Qiziltog‘ shahri-Parkent shahri-Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘li 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalari harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Shuningdek, So‘qoq dam olish maskaniga borgan haydovchilar uchun yo‘lning 48-kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati to‘liq cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 Bardanko‘l qishlog‘i-Jumabozor qishlog‘i-Qiziltog‘ shahri orqali qaytish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Bo‘stonliq tumaniga harakat 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘li 57-kilometridan boshlab mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha bir tomonlama tashkil etiladi.

Sadoqat Hamrayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

So'qoq va Chimyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar