Bayram bayramdek bo‘lsin! “Arqadag‘” narx-navoni 50 foizga pasaytirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yangi yil arafasida Turkmaniston Prezidenti ayrim tovarlar narxini 50 foizgacha pasaytirishni buyurdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatga Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha ijtimoiy chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan.

Hukumat yig‘ilishida videoaloqa orqali so‘zga chiqqan davlat rahbari savdo faoliyatini nazorat qiluvchi Bosh vazir o‘rinbosari Chari Gilijovga 25 dekabrdan boshlab keyingi yilning 1 yanvarigacha bozor va do‘konlarda sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarining bayramona savdosini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu chora odamlar yaqinlari va do‘stlariga sovg‘alar xarid qilishlari, Yangi yilni yaxshi kutib olishlari uchun ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chakiyevga 31 dekabr – 1 yanvar kunlari fuqarolarning shahar avtobuslarida bepul harakatlanishini tashkil etishni ham topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1002

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing