Bayram bayramdek o‘tsin! Jizzaxda qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini nishonlashga qariyb 2 mlrd ajratildi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida 12 dekabr kuni o‘tkaziladigan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayramini nishonlash uchun mahalliy byudjetdan 1 mlrd 894 mln 814 ming so‘m ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarorida belgilangan.

“Viloyat moliya boshqarmasi (A.Raxmatullayev) viloyat mahalliy byudjeti daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayramini yuqori saviyada nishonlash uchun 1 894 814.0 (bir milliard sakkiz yuz to‘qson to‘rt million sakkiz yuz o‘n to‘rt) ming so‘m mablag‘ni viloyat hokimligiga ajratsin”, deyiladi hokimbuva qarorida.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash, xususan, mazkur sana munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan.

Hokim qarorida pullar aynan nimalarga sarflanishi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing