Bayraktar dronlari muallifi oilasi bilan O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image

Bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi Turkiyaning “Baykar Teknoloji” kompanyasi rahbari Selchuk Bayraktar oilasi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

TRT telekanalining xabar berishicha, Selchuk Bayraktar Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev va Turkiyaning Yoshlik va sport vaziri yordamchisi Halis Yunus Erso‘z bilan birga Buxoroda o‘tayotgan IV Yosh liderlar forumida ishtirok etish uchun kelgan.

Forumda yoshlarga murojaat qilgan Bayraktar O‘zbekiston tarafining taklifi bilan forumda ishtirok etayotganini ta’kidlagan.

“Ayni paytda ota tuprog‘imizda, madaniyatimiz tug‘ilgan yer bo‘lgan O‘zbekistonni va Buxoroni ilk bor ziyorat qildim”, degan Bayraktar.


Maqola muallifi

Teglar

Selchuk Bayraktar

Baholaganlar

1242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar