Baydenga qarshi chiqqan respublikachi Kongressga saylovda g‘alaba qozondi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiya muallifi respublikachi Marjori Teylor Grin Vakillar palatasiga qayta saylanishda g‘alaba qozondi. Bu haqda 8 noyabr kuni kechqurun “New York Times” gazetasi tomonidan chop etilgan ma’lumotlar keltirilgan.  

Amerika ommaviy axborot vositalari g‘olib nomini aytib, shu tariqa ovozlarni keyingi sanab chiqish saylov natijalariga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirmoqda. 

Grin AQSHning sobiq Prezidenti respublikachi Donald Trampning eng yaqin tarafdorlaridan biri sanaladi. U o‘zining ekssentrik so‘zlari, shuningdek, Jo Baydenga to‘qqizta rezolyutsiyadan beshtasi muallifi bo‘lganligi bilan mashhur bo‘ldi. Ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, ekspertlarning ta’kidlashicha, agar respublikachilar Kongressning ikkala palatasini nazorat qilishsa, uning muvaffaqiyatsiz urinishlari kelajakdagi tekshiruvlar uchun yo‘l xaritasi sifatida ko‘rilishi mumkin. 

Saylov arafasida Grin, agar oraliq saylovlarda muvaffaqiyat qozonsa, respublikachilar Bayden va uning ma’muriyatining amaldorlariga impichment e’lon qilishiga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing