Baydendan charchadingizmi? Ilon Mask siyosatchilarning yoshini cheklashni taklif qildi
Olam
−
02 dekabr 2021
5510Milliarder Ilon Mask amerikalik siyosatchilar uchun yosh chegarasini belgilashni taklif qildi. Bu haqda u Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
Qayd etilishicha, Tesla, SpaceX kompaniyalari asoschisi, biznesmen va ixtirochi Ilon Mask amerikalik siyosatchilarning davlat xizmatida bo‘lishi uchun yosh chegarasini belgilash taklifini bildirgan.
“Keling, yosh chegarasini belgilaylik, shundan so‘ng siz siyosiy lavozimlarga nomzod bo‘lolmaysiz. Balki 70 gacha belgilarmiz”, deb yozgan u Twitter'dagi sahifasida.
Mask o‘z tashabbusiga izoh bermagan. Biroq, aytish joizki, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp inauguratsiya kunida 71 yoshda bo‘lgan, Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden esa hozirda 79 yoshda.
Qayd etish kerakki, 79 yoshli Bayden omma oldida nutq so‘zlayotganda va boshqa holatlarda yanglishib ketib, so‘zlarni adashtirib, ko‘p bora OAV diqqati markaziga va kulgiga sabab bo‘lgandi. Shuningdek, Bayden prezidentlikka endigina saylangani vaqtlarida samolyotga ko‘tarilishda bir necha marotaba qoqilib ketgandi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti bir necha bor mamlakatlar nomini chalkashtirib yuborgan, Moskvani Liviya ishlariga aralashgani uchun yanglish tarzda qoralagan, shuningdek, iyagida sariq dog‘ bilan gubernatorlar bilan uchrashuvga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda prezidentlikka ikkinchi bor o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi