Bayden Janubiy Koreya bilan qo‘shma yadroviy mashg‘ulotlarni muhokama qilganini rad etdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar hozirda o‘z yadroviy kuchlarini Janubiy Koreya bilan qo‘shma mashg‘ulotlarga jalb etish masalasini muhokama qilayotganini rad etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Oq uyda o‘tkazilgan intervyu vaqtida jurnalist Baydendan Vashington janubiy koreyalik hamkorlar bilan qo‘shma yadroviy mashqlarni muhokama qilyaptimi, deb so‘ragan. 

"Yo‘q", deb javob bergan Amerika rahbari.

Avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sek Yol Janubiy Koreya va AQSH Amerika yadroviy kuchlaridan foydalangan holda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul va Vashington mashg‘ulotlarni birgalikda rejalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

“Yadro quroli AQSHga tegishli, ammo Janubiy Koreya va AQSH ma’lumot almashishi, mashg‘ulotlarni birgalikda rejalashtirishi va o‘tkazishi kerak”, degan Janubiy Koreya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing