Bayden Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘radi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 25 avgust kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbat qildi. U Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi. 

"Biz [muzokaralar haqida] tez orada bayonot beramiz. Bu yerda [uning] bir necha satrlarini keltiraman.  Prezident [Bayden] AQSHning Ukrainani Rossiya tajovuzidan himoya qilishda davom etishini, jumladan qurol va uskunalar uchun kecha ajratilgan qariyb 3 millard dollarlik yordam haqida gapirdi.  U Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi va butun dunyoni erkinlik tamoyillariga sodiqligi bilan ilhomlantirishda davom etayotgan Ukraina xalqi va uning qurolli kuchlariga qoyil qolishini bildirdi”, deydi Per. 

Bayden ukrainalik hamkasbi bilan suhbati haqida Twitter’da ham yozdi.  

“Bu qayg‘uli va quvonchli yubiley ekanini bilaman, lekin Qo‘shma Shtatlar Ukraina va uning xalqini o‘z suverenitetini himoya qilish uchun kurashda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ochiq aytdim”, deb yozgan Bayden. 

O‘z navbatida Zelenskiy o‘zining Twitter’dagi sahifasida suhbatni ajoyib deb atadi va Amerika rahbari bilan Ukrainaning keyingi qadamlarini muhokama qilganini aytdi.  

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 avgust kuni Bayden Kiyevga 2,98 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘sha kuni Ukraina davlat byudjetiga AQCHdan 3 milliard dollarlik grant yordami tushganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing