Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bayden Ukrainaga qariyb 2,5 mlrd dollar ajratdi

Olam

image

Bugun, 30 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qariyb 2,5 milliard dollarlik xavfsizlik yordamini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘shimcha ravishda 1,25 milliard dollarlik harbiy yordam va 1,22 milliard dollarlik Ukrainaga xavfsizlik yordami tashabbusi (USAI) paketlari taqdim etiladi. Bu Ukraina harbiylari jang maydonida samarali foydalanayotgan qisqa muddatli imkoniyatlarni va uzoq muddatli havo hujumidan mudofaa, artilleriya va boshqa qurol tizimlari kabi zarur ta’minotni qamrab oladi.

“Bu yil boshida va’da qilganimdek Mudofaa vazirligi aprel oyida Kongress tomonidan tasdiqlangan mablag‘larning barcha qolgan qismini USAI doirasida ajratdi. Mening ma’muriyatim Kongress tomonidan tasdiqlangan mablag‘lardan AQSH uskunalarini Ukrainaga yetkazib berishda to‘liq foydalanmoqda. Men yordamni imkon qadar tezroq yetkazishni davom ettirishni topshirdim”, deyiladi bayonotda.

Bildirilishicha, bu jarayonga eskirgan AQSH uskunalarini Ukrainaga jo‘natish, ularni jang maydoniga tezkor yetkazish va AQSHning mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish va zaxiralarni yangi qurollar bilan to‘ldirish kiradi.

“Mudofaa vazirligi minglab raketalar, yuz minglab artilleriya snaryadlari va yuzlab zirhli texnikalarni yetkazib berish jarayonida. Bular qish mavsumi yaqinlashayotgan bir paytda Ukrainani mustahkamlashga xizmat qiladi. Mening ko‘rsatmamga binoan, Qo‘shma Shtatlar Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash uchun prezidentlik davrim oxirigacha tinimsiz harakat qiladi”, deydi Bayden.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Rossiya hujumlarini qaytarish uchun Ukrainaga taxminan 1,25 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing