Bayden Ukraina uchun Kongressdan 11,7 milliard dollar so‘ramoqchi
Olam
−
03 Sentabr 2022
4132AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga qurol va yordam uchun Kongressdan 11,7 milliard dollar so‘ramoqchi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukraina xalqini o‘z suverenitetini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgan.
“Ushbu majburiyatlarni bajarish va tezkor ehtiyojlarni qondirish uchun biz 2023 moliyaviy yilning birinchi choragida xavfsizlik va iqtisodiy yordam uchun 11,7 milliard dollar so‘raymiz”, deyiladi hujjatda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mablag‘larning 4,5 milliard dollari Ukraina uchun uskunalarga, yana 2,7 milliard dollari boshqa mudofaa va razvedka yordamiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Oq uy ichki energiya bozoridagi vaziyatni bartaraf etish va yoqilg‘i narxini pasaytirish uchun yana 2 milliard dollar so‘ragan.
Qayd etilishicha, ushbu yordam partiyasi AQSH ma’muriyati ixtiyoridagi zaxiralardan emas, balki xususiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladi. Pentagon sanoatchilardan Ukraina uchun havo mudofaa tizimlari, tankka qarshi qurollar, uchuvchisiz uchish apparatlari va aloqa vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal 24 avgust kuni mamlakat byudjetiga AQSHdan 4,5 milliard dollarlik grant yordamining birinchi transhi sifatida 3 milliard dollar tushganini ma’lum qilgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi