Bayden Trampning migrantlarga oid bir nechta qarorini bekor qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatning migratsiya siyosati sohasida uchta farmonni imzoladi. Ulardan biri noqonuniy migrantlarni AQSH va Meksika chegaralarida ajratilgan bolalar bilan oilalarni birlashtirishga tegishli.

Boshqa farmonlar migratsiya sabablarini bartaraf etish, shuningdek AQSH chegarasida boshpana izlovchilarni xavfsiz va tartibli rasmiylashtirishni ta’minlash uchun Shimoliy va Markaziy Amerika bo‘ylab migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda mamlakat immigratsiya tizimiga bo‘lgan ishonchni tiklashga qaratilgan.

Baydenning salafi Donald Tramp muhojirlarga nisbatan mutlaqo toqat qilmaslik siyosati doirasida Meksika bilan chegarada noqonuniy muhojirlar va ularning farzandlarini ajratish amaliyoti uchun tanqid qilingan. Keyinchalik, Tramp chegarani noqonuniy kesib o‘tganligi uchun hibsga olingan muhojirlardan bolalarni olib qo‘yishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden Prezident bo‘lishi bilan musulmonlarga oid farmon imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing