Bayden Trampning Green Card bilan bog‘liq qarorini bekor qildi
Olam
−
25 fevral 2021
12248AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 24 fevral kuni o‘zidan avvalgi Prezident Donald Trampning ayrim toifadagi chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan yana bir farmonini bekor qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yilning aprel oyida Tramp COVID-19 pandemiyasi paytida Amerika mehnat bozoriga xavf tug‘diradigan chet elliklarning mamlakatga kirib kelishini taqiqlovchi hujjatni imzoladi. Keyinchalik, eks-prezident farmonni ikki marta uzaytirdi.
Bayden hujjatni AQSH manfaatlarini himoya qilmasligi tufayli bekor qilgan.
“Bu Qo‘shma Shtatlarga zarar keltiradi, shu jumladan AQSH fuqarolarining oila a’zolari va qonuniy doimiy fuqarolarning o‘z oilalari bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, bu butun dunyo mutaxassislari ishlaydigan AQSH iqtisodiyoti sohalariga zarar yetkazadi. Va bu har yili o‘tkaziladigan lotereya doirasida immigratsion vizalarni olgan odamlarga ham zarar keltiradi”, deya ta’kidladi davlat rahbari o‘z pozitsiyasini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden Trampning eng yirik loyihalaridan biriga nuqta qo‘ydi: AQSHning Meksika bilan chegarasida devor qurilishini moliyalashtirish to‘xtatildi.
LiveBarchasi