Bayden Trampni “adashtirib qo‘ydi”

Olam

image

Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden amaldagi Prezident Donald Trampni Amerikaning sobiq yetakchisi Jorj Bush bilan adashtirib qo‘ydi. Bu haqda "New York Post" xabar bermoqda.

Voqea kecha, 25 oktyabr kuni "Men ovoz beraman" onlayn-shousi paytida yuz bergan. 

"Jorj boshchiligi ostida yana to‘rt yil, eh, Jorj ... agar Tramp saylansa, biz boshqa dunyoda bo‘lamiz", degan Bayden. 

Demokrat o‘zi va Tramp ishtirok etayotgan 2020 yilgi saylovlarni "uzoq vaqt davomida kuzatilmagan eng ahamiyatli saylovlar", deb atagan.

Ma’lumot uchun Jorj Bush AQSHning 43-Prezidenti bo‘lgan. U 2001 yil 20 yanvardan 2009 yil 20 yanvargacha mamlakatni boshqargan. Undan keyin Barak Obama ushbu lavozimda uning o‘rnini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlariga tobora oz fursat qolmoqda. Saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing