Bayden Shols bilan Rossiya va Xitoyga qarshi turishga kelishib oldi
Olam
−
04 mart 2023
5373Kecha, 3 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qildi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yetakchilar AQSH-Germaniya munosabatlari bilan birga Ukrainaga xavfsizlik, gumanitar, iqtisodiy va siyosiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni hamda ukrain xalqi bilan global birdamlikni saqlash muhimligini muhokama qilgan.
Shuningdek, Olaf Shols Xitoy tomonidan Rossiyaga taqdim etilgan har qanday qurol sanksiyalarni keltirib chiqarishini aytgan. Uning bir kunlik safari davomida boshqa uchrashuvlar bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, bu tashrif Sholsning 2021 yil dekabrda lavozimga kirishganidan beri Oq uyga ikkinchi marta kelishi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya kansleri Hindistonda bo‘lgan va u yerda hamkasbi Narendra Modi bilan ko‘rishib, uni Rossiyaga qarshi qayrashga uringandi.
LiveBarchasi