Bayden Rossiyani “ogohlantirib qo‘ydi”

Olam

image

AQSH Prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden Rossiyaning AQSH ichki ishlariga aralashgani oqibatlari bilan tahdid qildi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiyaning Amerika saylov jarayonlariga aralashganini javobsiz qoldirmaydi. 

"Saylovlarda agar men g‘alaba qozonadigan bo‘lsam, natija bo‘ladi deb va’da beraman. Bizning suveren ishlarimizga aralashishgani uchun natija bo‘ladi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bu yilgi saylovlarda ham g‘alaba qozonishiga ishonishini bildirgandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

684

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing