Bayden Putinni yana harbiy jinoyatchi deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jozef Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni yana bir bor harbiy jinoyatchi deb atadi. Polsha-Ukraina chegarasiga tashrifi chog‘ida u bu boradagi shaxsiy fikri “rasmiy huquqiy baho”dan farq qilmasligini aytgan.

“Biz uchun eng muhimi, noxush vaqtda boshidanoq demokratiyamiz birdamligini saqlab qolish va ochig‘ini aytganda, men harbiy jinoyatchi deb biladigan odam sabab sodir bo‘layotgan halokatni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishdir”, degan Bayden.

Bayden bu atamani birinchi marta 16 mart kuni Rossiya yetakchisiga nisbatan ishlatgandi. U Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda shunday bayonot bergan. “Fox News” muxbiri Amerika yetakchisidan Putinni harbiy jinoyatchi deyishga tayyormisiz, deb so‘raganida, Bayden avvaliga salbiy javob bergan va xonani tark etgan. Biroq, u keyin qaytib kelib, “U harbiy jinoyatchi”, deb javobini o‘zgartirgan. Ertasi kuni u Putinni “qotil diktator” va “bandit” deb atagan.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bayden Putinga nisbatan haqoratga o‘tayotganini ta’kidlab, Kreml bunga munosabat bildirmasligini qo‘shimcha qilgan. Har qanday munosabat Bayden tomonidan bildirilayotgan yanada dahshatli ayblov bilan qarshilashishi qayd etilgan.

Shuningdek, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin dono siyosatchi bo‘lgani uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘zi haqidagi nomaqbul bayonotlariga javob qaytarmayapti.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Baydenning Putinga qarshi ayblovlari AQSH-Rossiya munosabatlarini jar yoqasiga keltirib qo‘ygani haqida ogohlantirdi. Tashqi ishlar vazirligi bunday bayonotlar qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing