Bayden prezidentlikka nomzodini qo‘ymasa ko‘proq obro‘ topadi – “The Economist”
Olam
−
11 noyabr 2022 3129 2 daqiqa
Siyosatdagi butun umrlik faoliyatidan so‘ng, Jo Bayden 2020 yilgi saylovlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining amaldagi Prezidenti Donald Trampni mag‘lub etdi. Bayden prezidentlik muddatining ikki yili ichida ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, u joriy yilning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarga Demokratlar partiyasini kuchli ko‘rinishda yetaklab keldi. Biroq Bayden prezidentlikka qayta saylanish uchun o‘z nomzodini ilgari surmasligi kerak. Bu haqda“The Economist” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Oraliq saylovlar tugashi bilan siyosiy sinfni 2024 yilgi prezidentlik saylovlarining boshlanajak kompaniyasi qiziqtira boshladi. Janob Bayden Respublikachilar partiyasiga emas, siyosatga va biologik qarilikka yon berishga tayyorlanishi kerak. Kelgusi oylarda uning ikkinchi muddatga saylanish uchun nomzodini qo‘ymaslik qarorini e’lon qilishi tarixiy harakat bo‘ladi. Bu uning Demokratlar partiyasiga ishonchini bildiradi, shuningdek, Bayden nomzodini qo‘ymasa o‘zi erishgan hurmat va sharafni saqlab qoladi.
Ehtimol, Oraliq saylovning barcha natijalari hisoblab bo‘lingandan so‘ng, Vakillar palatasi yoki Senat Respublikachilar partiyasining qo‘liga o‘tsa, janob Baydenning aslida har doim tor bo‘lgan muhim qonunlarni qabul qilish yo‘li battar to‘sib qo‘yiladi. Ya’ni, uning qolgan muddati Federal hukumat va Kiyevda “chiroqlarni yoqishga” harakat qilish bilan o‘tadi.
So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, amerikalik saylovchilarning aksariyati Bayden va Trampning 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini istamaydi. Baydenni ma’qullash darajasi pastligi va janob Trampning zaifligi Florida gubernatori Ron Desantis kabi potensial raqibning kuchayib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Nashrning xulosa qilishicha, Jo Bayden Amerika xalqi uchun noziklik va yuksak donolik namoyish qilishi kerak. U bunga juda mos tushadi. Yoshini inobatga olgan holda u keksa davlat arbobiga aylanishi lozim.
Avvalroq, Jo Bayden 2024 yilgi prezidenlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr