Bayden Prezident bo‘lganidan beri joni rohatda

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik lavozimiga kelganidan beri 228 kun ta’tilda bo‘lgan. Bu haqda Respublikachilar partiyasining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Jo Bayden prezidentlik lavozimiga 2021 yil 20 yanvarda kirishgan. U 19 oy yoki deyarli 580 kun davomida AQSH davlat rahbari lavozimini egallab turibdi.

Sobiq CBS muxbiri Mark Nolleraga ko‘ra, Bayden dam olish kunlarini ko‘proq Vashingtondan taxminan 190 km uzoqlikda joylashgan Atlantika okeani sohilidagi (Delaver shtati) Rexobot-Bich shahrida o‘tkazgan. U Delaverda umumiy 150 kun dam olgan.

Shuningdek, u Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp butun prezidentlik muddati davomida 132 kun, Barak Obama 38 kun, Jorj Bush esa 100 kun ta’tilda bo‘lganligini hisoblab chiqqan.

Bayden oxirgi marta joriy yilning 10 avgust kuni oilasi bilan Janubiy Karolinadagi Kiava oroliga bir hafta muddatga ta’tilga chiqqan. Prezident 16 avgust kuni inflyatsiyani nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolash uchun ta’tilini bir kunga to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Oq uyning ta’kidlashicha, Amerika yetakchisi ta’til paytida ham o‘z vazifasidan ozod etilmagan, yordamchilari bilan maslahatlashishda davom etgan va har kuni milliy xavfsizlik bo‘yicha brifinglar o‘tkazilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Amerika yetakchilari uchun yozgi ta’tilga chiqish an’anaga aylangan. Kichik Jorj Bush Texas markazidagi ranchosiga borgan. Obama Atlantika okeanida, Massachusets sohilida joylashgan Marta's Vineyard orolida golf o‘ynagan. Tramp esa Nyu-Jersidagi shaxsiy golf klubida ko‘proq ta’tilini o‘tkazgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing