Bayden Oq uyni “oltin qafas” deb atadi
Olam
−
18 fevral 2021 4208 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uydagi hayotini “oltin qafas” deb atadi. Amerika rahbarining so‘zlari “Associated Press” nashri tomonidan keltirilgan.
“Men ertalab rafiqam Jilga qarab, “biz qayerdamiz”, deb uyg‘onaman”, deydi Bayden.
Siyosatchi kimdir unga palto kiydiribqo‘yishiga hali ham ko‘nikolmasligini aytib o‘tdi. Bayden Barak Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lib ishlagan paytida yuzdan ortiq marta Oval idorada bo‘lganini, ammo ilgari Oq uyning turar joy qismida bo‘lmaganini ta’kiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yer vitse-prezident qarorgohidan sezilarli darajada farq qiladi.
Shunga qaramay, Bayden prezidentlikni allaqachon o‘zlashtirganiga ishontirdi.
Live
Barchasi