Bayden nega birinchi bo‘lib Putinga qo‘ng‘iroq qilgani tushuntirildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning vakili Jen Psaki AQSH Prezidenti nima uchun rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga boshqa dunyo rahbarlaridan oldinroq qo‘ng‘iroq qilganini tushuntirdi.

Jurnalistlar Prezident allaqachon AQSH bilan ittifoqchi bo‘lmagan Putin bilan nega telefon orqali suhbat o‘tkazgani blan qiziqqan.

“Ushbu suhbat qisman START shartnomasi tugash muddati yaqinlashayotgani sababli bo‘lib o‘tdi va shu suhbat davomida u (Bayden - tahr.) va ma’muriyat Rossiya Hukumati harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarga nisbatan jiddiy xavotirda ekanliklarini aniq ko‘rsatib berildi”, deydi Psaki.

Bayden nega haligacha Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Sinpin bilan gaplashmagani haqidagi savolga javob berar ekan, Psaki Prezident ish boshlaganiga atigi ikki haftadan ko‘proq vaqt bo‘lganini va hali har bir dunyo davlatlari rahbariga qo‘ng‘iroq qilishga ulgurmaganini tushuntirgan.

Psaki yaqin haftalar ichida Bayden boshqa davlatlar rahbarlari bilan ham muzokara o‘tkazishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Bayden birinchi bo‘lib Putinga qo‘ng‘iroq qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

524

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing