Bayden muddati tugaguniga qadar Ukrainaga 6 mlrd dollar ajratmoqchi
Olam
−
11 noyabr
2133AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan AQSHning amaldagi Prezident Jo Baydenning muddati tugaguniga qadar Ukrainaga va’da qilingan 6 milliard dollar ajratish niyatini tasdiqladi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Prezident Bayden Kongress tomonidan bizga berilgan har bir resursni o‘z vaqtida va to‘liq sarf qilishimizni aniq aytdi. Ya’ni, 20 yanvarga qadar biz Ukrainaga Kongress tomonidan ma’qullangan barcha mablag‘ va yordamni jo‘natamiz”, dedi Sallivan.
Sallivanning ishonchi komilki, Bayden Kongress va bo‘lajak ma’muriyatni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlovsiz qoldirmaslikka ko‘ndira oladi. Chunki, uning fikricha, “Ukrainani tark etish Yevropadagi yanada beqarorlikni anglatadi”.
“Politico” gazetasining qayd etishicha, logistika muammolari Ukrainaga harbiy qurollar yetkazib berishni 2025 yil yanvarigacha kechiktirishi mumkin. Chunki bunday yuklarni jo‘natish uchun odatda “oylar ketadi”.
Eslatib o‘tamiz, 47-prezident Donald Trampning inauguratsiyasi 2025 yilning 20 yanvariga belgilangan.
LiveBarchasi