Bayden muhojirlar to‘plangan AQSH-Meksika chegarasiga bormoqchi
Olam
−
05 yanvar 2023
3757AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSH-Meksika chegarasiga tashrif buyurish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bayden 9 yanvar kuni Shimoliy Amerika yetakchilari uchrashuvida ishtirok etish uchun Meksikaga boradi. Unda Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo ham ishtirok etadi.
Ushbu uchrashuvda noqonuniy migratsiya masalalari, iqlim o‘zgarishi va Shimoliy Amerika davlatlarining raqobatbardoshligini oshirish kabi mavzular muhokama qilinadi.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uchrashuvdan so‘ng u AQSH-Meksika chegarasiga tashrif buyurish niyatida.
"Menda shunday niyat bor", deydi AQSH Prezidenti.
Ma’lumot uchun, hozirda Meksika va AQSH chegarasida 20 mingdan ortiq muhojir to‘plangan.
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali AQSH hududiga kirish bilan bog‘liq savollarni qabul qilayotganini ma’lum qilib, o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqqan edi.
LiveBarchasi