Bayden Mirziyoyevga tabrik maktubi yo‘lladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. 

“Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman”, deb boshlangan Baydenning maktubi.

U o‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlar xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida birlashganini qayd etgan. 

“Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman”, degan AQSH rahbari.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing