Bayden Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jozef Bayden O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Maktubda Bayden Mirziyoyevga AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yetakchiligi va shaxsiy intilishi, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildirgan. 

“O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega”, deb yozgan Bayden. 

Shuningdek, AQSH rahbari, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib borayotgani va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yanada ilgari surishga umid bildirgan. 

“Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman. 

Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. 

Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi”, deb yozgan Bayden.

AQSH rahbari ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligi o‘zaro aloqalar uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing