Bayden Merkel bilan muzokara o‘tkazadi — Oq uy
Olam
−
12 iyun 2021
3178AQSH Prezidenti Jo Bayden Germaniya kansleri Angela Merkelni joriy yilning 15 iyul kuni o‘z qarorgohida qabul qiladi. Bu haqda Amerika rahbarining ma’muriyati ma’lum qildi.
“Rahbarlar bir qator umumiy masalalar, jumladan, COVID-19 pandemiyasi bilan kurashish, iqlim o‘zgarishi xavfini bartaraf etish, iqtisodiy farovonlik va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalarda yaqindan hamkorlik qilish majburiyatini muhokama qiladi”, degan Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden hozirda Buyuk Britaniyada G7 sammitida (11-13 iyun) ishtirok etmoqda. Amerika Prezidentidan tashqari Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya rahbarlari Angliyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kornuoll grafligidagi Karbas-Bey kurortida muzokaralar o‘tkazish uchun yig‘ilgan.
16 iyun kuni esa AQSH Prezidentining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashishi kutilmoqda.
LiveBarchasi