Bayden kortejidagi avtomobil YTHga uchradi
Olam
−
30 Oktabr 2021
9485Kecha, 29 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden kortejidagi avtomobil Rimda kichik yo‘l-transport hodisasiga uchradi. AQSH yetakchisi bir kun avval G20 sammitida ishtirok etish uchun Italiyaga kelgandi. Bu haqda Baydenga hamrohlik qilayotgan Oq uy vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident kortejidangi avtomobil Vatikandan Kvirinal saroyiga (Italiya Prezidentining rasmiy qarorgohi – tahr.) jo‘nab ketayotganda kichik yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylangan.
“Jiddiy jarohatlanganlar bo‘lmadi. Biroq, ehtiyot chorasi sifatida yo‘lovchilar amerikalik tibbiyot xodimlari tomonidan tekshiriladi”, degan Oq uy vakili.
U halokatga uchragan avtomobilda aynan kim bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.
LiveBarchasi