Bayden konstitutsiyani buzganlikda ayblandi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden va ba’zi amerikalik qonunchilar Kongressning zarur ruxsatisiz Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam berib, mamlakat konstitutsiyasini buzdi. Bu fikrni kecha, 17 fevral kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin o‘zining Twitter’dagi sahifasida bildirdi.

“Qo‘shma Shtatlar Prezidenti va kongressmenlarning bir qismi Kongressning urushga kirishga to‘liq ruxsatisiz harbiy operatsiyalarni moliyalashtirish, qurollantirish, o‘qitish va yordam berish kabi harakatlari bilan konstitutsiyani buzdi. Bularning barchasi urushga olib keladi. Ukraina NATO a’zosi emas, ittifoqchi ham, demokratiya ham undan uzoqda”, deb yozadi Jorjiyadan saylangan respublikachi.

Grinning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Ukrainadagi urushni umuman qo‘llab-quvvatlamaydi va Vashington bu urushni moliyalashtirib, rag‘batlantirayotganidan juda norozi. 

Ma’lumot uchun, AQSH Senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer amerikalik qonunchilar o‘tgan yili Ukrainaga 113 milliard dollarlik harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni ma’qullaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden davlat rahbari sifatida ilk bor Kiyevga borgan, ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Ukrainaga yana 500 million dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishini aytgandi. 24 fevralda esa AQSHning Ukrainaga 2 milliard dollarlik harbiy yordam paketi e’lon qilingandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing