Bayden ittifoqchi davlatlar bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni gaplashdi
Olam
−
20 aprel 2022
5504Kecha, 19 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden ittifoqchi davlatlar yetakchilari bilan Kiyevga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va xalqaro maydonda Ukraina bo‘yicha keyingi harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.
“Rahbarlar Ukrainaga kelgusida harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, ular Rossiyaning asossiz tajovuzi munosabati bilan ukrainaliklar boshidan kechirgan gumanitar qiyinchiliklarni qoralashlarini bildirdi”, degan Psaki.
Psakining so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida yetakchilar Ukraina voqealari munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish istiqbollarini, shuningdek, yirik xalqaro maydonda ushbu mavzuni yanada muvofiqlashtirishni ham muhokama qilgan.
“AQSH Prezidenti Jo Bayden ittifoqchi davlatlar yetakchilari bilan videomuloqot chog‘ida Ukrainaga qo‘shimcha o‘q-dorilar yetkazib berish va boshqa harbiy yordam masalalarini muhokama qildi”, degan Psaki.
LiveBarchasi