Bayden inflyatsiya haqida savol bergan jurnalistni haqorat qildi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden “Fox News” muxbirining inflyatsiya haqidagi savoliga javoban uni “itvachcha” deb atadi. Davlat  rahbari, aftidan, mikrofon yoqilganidan bexabar bo‘lgan. Hodisa Prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida efirga uzatilgan.  

Uchrashuv oldidan jurnalistlar Baydendan Ukraina atrofidagi vaziyat haqida so‘rashni boshlagan. Prezident bundan norozi bo‘lgan, chunki muxbirlar u o‘z yordamchilari bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan narxlarning pasayishi haqida emas, balki Rossiya va Ukraina haqida so‘ragan. 

Shunda “Fox News” muxbiri Piter Dusi Amerika rahbariga savol bergan: “Inflyatsiya haqidagi savollarga javob berasizmi? Sizningcha, inflyatsiya oraliq saylovlarda siyosiy mas’uliyatmi?” Shundan so‘ng jurnalistlar yig‘ilish uchun olib chiqila boshlangan. 

“Bu ko‘proq qiymat. Ko‘proq inflyatsiya. Qanday ahmoqlik, itvachcha”, deya istehzo bilan javob bergan Bayden. 

Bayden mikrofoni o‘chirilgan deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin. Oq uy hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili AQSHda inflyatsiya deyarli 40 yil ichida rekord darajada yuqori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya Bayden

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing